Ana xolos! FIFA «Barselona»ni jiddiy jazolashi mumkin
FIFA «Barselona»ga to‘rt transfer mavsumi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatga olishni taqiqlab qo‘yishi mumkin. Bu haqda Madridning «AS» nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, bunday jiddiy jazoning qo‘llanishiga «Barselona» prezidenti Josep Bartomeuning Grizmann vakillari bilan o‘tgan yilning oktyabrida uchrashgani haqidagi gaplari sabab bo‘lishi mumkin.
FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga olti oy qolmaguncha klub ruxsatisiz u bilan muzokaralar olib borish mumkin emas. Grizmanning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilgacha mo‘ljallangan.
«AS»ning qayd etishicha, Grizmannga nisbatan ham to‘rt oydan olti oygacha muddatga diskvalifikatsiya qo‘llanilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter