«An-Nasr» — yarim masala. Ronaldu Saudiya Arabistoniga boshqa maqsadda taklif etilgan
Krishtianu Ronalduga saudiyaliklar qo‘shimcha 200 mln yevro to‘lashmoqchi, deb yozdi France 24.
Mavzu doirasida: Qatarning qo‘shnisi 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi
«An-Nasr» bilan 2,5 yillik shartnomasi doirasida portugal yulduzi 200 mln yevro oladi. Qo‘shimcha 200 mln yevroni esa Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiyaning 2030-yilgi JCh qo‘shmezbonligi arizasini taqdim etishda elchilik qilgani uchun to‘lashmoqchi.
Qizig‘i, 2030-yilgi mundial mezbonligiga Ispaniya, Ukraina bilan birgalikda Ronalduning vatani Portugaliya ham da’vogar.
Ronalduning «An-Nasr»ga o‘tishini Saudiya podshohligi oilasi, jumladan, shahzoda Muhammad bin Salmon qo‘llab-quvvatladi. Ta’kidlanishicha, «An-Nasr»da Ronaldu bilan shartnoma imzolash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagani uchun Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasi mablag‘lari jalb etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter