Allegri va «Shaxtyor» muzokaralarga kirishdi
Ukrainaning «Shaxtyor» klubini boshqarishga «Milan» va «Yuventus» klublarining sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri taklif etilyapti.
Tomonlar muzokaralarga kirishgani haqida ukrainalik jurnalist Oleg Yashchuk o‘z Instagram-akkauntida xabar berdi. Kelishuvga erishilsa, italiyalik 53 yoshli mutaxassis «Shaxtyor» bilan joriy mavsum tugagach ish boshlaydi.
«Shaxtyor» 2019-yil yozidan beri portugaliyalik Luish Kashtru qo‘l ostida o‘ynamoqda. Uning shartnomasi muddati 2021-yil yozida nihoyasiga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter