Aleks Fergyuson komadan chiqdi
![Aleks Fergyuson komadan chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2286683207.jpg)
Miyasiga qon quyilishi tufayli operatsiya qilingan «Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson komadan chiqdi va sog‘aya boshladi. Bu haqda «Daily Mail» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 76 yoshli shotlandiyalik avvalgidek intensiv terapiya bo‘limida, biroq dushanba kuni u komadan chiqdi va yaqinlari hamda do‘stlari bilan suhbatlashdi.
Fergyuson yaqinlarining ma’lum qilishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Lekin shunga qaramasdan shifokorlar bemor uzoq muddat davolanish lozimligini aytishgan.
Aleks Fergyuson 27 yil (1986-2013) davomida «Manchester Yunayted»ni boshqargan va klub bilan 38ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter