Aleks Fergyuson miyasiga qon quyilishi sababli shifoxonaga yotqizildi
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson miyasiga qon quyilishi sababli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Futbol klubi ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Fergyuson shifokorlar nazoratida bo‘lishi kerak.
Shotlandiyalik murabbiy 1986-yili «Manchester Yunayted» ga boy murabbiy etib tayinlangan edi. 2013- yilga qadar Aleks Fergyuson qo‘l ostida klub 13 marta Premer-liga chempionligini, ikki marta UYeFA chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter