Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agent: «Selta» Shomurodovni olishni istagandi, ammo biz Smolovni taklif etdik

Agent: «Selta» Shomurodovni olishni istagandi, ammo biz Smolovni taklif etdik

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning agenti German Tkachenko Ispaniyaning «Selta» klubi o‘zbekistonlik hujumchiga qiziqish bildirganini tasdiqladi.

— «Selta» aslida Eldor Shomurodovni sotib olishni istagan edi, ammo biz: «Buning iloji yo‘q», deya javob qaytardik.

Oradan yarim soat o‘tgach ularga biz taklif bilan chiqdik: «Kelinglar, Fedor Smolovni ko‘rib chiqamiz». Oqibatda bu transfer amalga oshdi», — deydi Tkachenko.

Eslatib o‘tamiz, German Tkachenko yozda Eldor Shomurodov Yevropaning kuchli chempionatlaridan biriga o‘tishini ta’kidlagan edi. Ayni vaqtda hujumchi ingliz tilini o‘rganmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring