Afrika millatlar kubogi: 1/8 finaldayoq «o‘lim juftliklari» yuzaga keldi
Afrika millatlar kubogida barcha guruh o‘yinlari yakuniga yetdi.
Qizig‘i, «F» guruhining uch jamoasi (Mali, Gambiya va Tunis) so‘nggi o‘yinni o‘tkazmasdan turib pley-off ishtirokchisiga aylandi. Chunki ulardan oldin «D» va «Ye» guruhlarida o‘tgan o‘yinlarda Sudan va Serra-Leone hal qiluvchi bosqichga yetarli ochkolarni to‘play olmagandi.
«F» guruhidagi so‘nggi o‘yinlar natijalari: Mali terma jamoasi Mavritaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, guruhda 1-o‘rinni egalladi (3 o‘yindan so‘ng 7 ochko). Gambiya – Tunis o‘yinida 1:0 hisobi qayd etilib, jamoalar shu ketma-ketlikda ikkinchi (7 ochko) va uchinchi (3 ochko) o‘rinlarni egallab keyingi bosqichga chiqdi. Mavritaniya o‘tkazilgan uch o‘yinni ham boy berdi (0).
Favoritlardan sanalgan, 2019-yilgi qit’a chempioni Jazoir «E» guruhida so‘nggi o‘rinni egallab, turnirni tark etdi.
1/8 finaldagi juftliklar
Kamerun – Komor orollari
Burkina-Faso – Gabon
Senegal – Kabo-Verde
Gvineya – Gambiya
Marokash – Malavi
Nigeriya – Tunis
Kot-d’Ivuar – Misr
Mali – Ekvatorial Gvineya
Final yoki kamida yarimfinal bezagiga aylanishi mumkin bo‘lgan juftliklar 1/8 finaldayoq hosil bo‘ldi: Kot-d’Ivuar Misrga qarshi, Nigeriya esa Tunis bilan kuch sinashadi. 1/8 final o‘yinlari 23 – 26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter