Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adidas» maxsus krossovka yaratdi

«Adidas» maxsus krossovka yaratdi

Foto: «Nv.ua»

«Adidas Speedfactory» laboratoriyasi robotlar yordamida tikilib, maxsus liniyada yig‘ilgan «AM4NYC» nomli krossovkani taqdim etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uni yaratishda tez yuguradiganlarning oyoq kiyimlariga qo‘yilgan datchiklardagi ma’lumotlardan foydalanilgan, deb xabar beradi «NV.ua».

Datchiklardagi ma’lumotlar tahlil qilinganidan so‘ng, ma’lum bo‘lishicha, Nyu-York aholisiga yuzasi mustahkam oyoq kiyimlar muhim hisoblanarkan. Bundan tashqari «AM4NYC» krossovkasining quyi qismiga kichik planka o‘rnatilgan bo‘lib, u oraliq poshnalarni birlashtirib turadi, yuguradiganlarga burilishda oyog‘ini nazorat qilish imkonini beradi.

Ta’kidlash kerakki, boshqa shahar aholisi uchun ishlab chiqarilgan «AM4NYC» krossovkalarida boshqa material va tuzilmalardan foydalaniladi.

«Adidas» kompaniyasining ma’lum qilishicha, yangi krossovkalar yuguruvchilarning a’lo natijalarga erishishiga xizmat qiladi.

Ushbu krossovkalar Nyu-Yorkdagi «Adidas» do‘konlarida 200 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring