«Yevro-2024»da mikrochip o‘rnatilgan to‘plardan foydalaniladi
2024-yili bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida «Adidas» kompaniyasining yuqori texnologiyali to‘pi ishlatiladi. Unda gol urish paytida qo‘l to‘pi bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashga yordam beradigan mikrochip o‘rnatilgan bo‘ladi.
Chip oyoq-qo‘llarini kuzatish texnologiyasi bilan tandemda ishlaydi, bu esa real vaqt rejimida o‘yinchi tanasining uch o‘lchamli tasvirini yaratish va to‘p aynan qayerga urilganini aniqlash imkonini beradi. Mikrochip, shuningdek, to‘pning aniq zarbasini qayd etadi, bu esa hakamlarga ofsayd bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi.
Qo‘l to‘pini aniqlashning yangi tizimini ishlayotganini ko‘rgan hakamlar «The Times» nashriga bergan intervyusida aniqlik darajasidan hayratda qolishganini aytishgan. Texnologiya Yevropa Chempionlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumida ham qo‘llaniladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Ta’kidlash joizki, bunday mikrochip o‘rnatilgan to‘plarning narxi anchagina qimmat bo‘lishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter