Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abramovning «syurpriz»i. O‘zbekiston JCh saralashini sharmandalarcha tark etdi

Abramovning «syurpriz»i. O‘zbekiston JCh saralashini sharmandalarcha tark etdi

JCh-2022 saralashining 2-bosqichiga mutlaqo tayyorgarliksiz borgan O‘zbekiston turnirni erta tark etdi. Terma jamoamiz hali o‘z tarixida 2-bosqichdayoq JCh yo‘llanmasidan quruq qolmagan edi.

Saudiya Arabistoni bilan kechgan o‘yindan keyin Vadim Abramov jamoasi ushbu antirekordni muhrlab qo‘ydi.

Muhim uchrashuvga bosh murabbiy «syurpriz» tayyorladi. Tezkor saudiyaliklar hujumi uchun tezligini yo‘qotib bo‘lgan Odil Ahmedov, hal qiluvchi bahslarda «qovun tushurishi» bilan yodimizda qolgan Ashurmatov juftligi tushirildi.

Qanot yarim himoyalarida uzoq yillardan beri terma jamoada o‘ynamay kelgan Galiulin va Zoteyev paydo bo‘ldi.

Abramov bu qarorlari bilan saudiyaliklarni «shokka» tushirmoqchi bo‘ldimi yoki o‘zimiznikilarnimi, aniq bir gap aytish qiyin. Ammo har qanday taktik «tentak» murabbiy ham muhim o‘yinlarga muqim tarkibni tayyorlaydi. Ko‘pi bilan ikki pozitsiyada «syurpriz» qiladi.

Aslida bu raqibni chalg‘itish uchun emas, murabbiyning qo‘lida aniq reja va shakllangan tarkibning yo‘qligi nishonasi ekani birinchi daqiqalardanoq bilinib qoldi.

Bu no‘noqlik esa shunchaki sharmandali yakun taqdim etdi bizga.

JCh-2022 saralashi. D guruhi. 10-tur

Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston 3:0

Gollar: Al Faraj (25, 33), Al Hassan (52).

Saudiya Arabistoni — Muhammad Al Ovays, Sulton Al G‘anim, Abdulla Madu, Yosir Ash Shaxroni, Hassan At Tambakti (Muhammad Al Habrani, 78), Salmon Al Faraj,  Ali Al Hassan (Sami An Naji, 54), Ibrohim Otayf, Holid Ash Shahri (Firas Al Birakan, 64), Abdulloh G‘arib (Saud Abdul Hamid, 78), Muhammad Xalil Al Ovays.

O‘zbekiston — Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Odil Hamrobekov (Ikrom Aliboyev, 54), Otabek Shukurov, Odil Ahmedov (Islom To‘xtaxo‘jayev, 80), Jaloliddin Masharipov, Oleg Zoteyev, Eldor Shomurodov, Vagiz Galiulin (Doston Hamdamov 54, Farruh Ikromov 80), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Oybek Bozorov, 54).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring