Abdusattorov amaldagi chempion bilan o‘ynadi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida an’anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Kecha o‘tkazilgan to‘rtinchi tur bahsida Abdusattorov xitoylik Osiyo chempioni, ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi Vey I bilan durang o‘ynadi. Nodirbek 2 g‘alaba va 2 durang bilan turnirda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha 3,5 ochko bilan musobaqada yakka peshqadam bo‘lib olgan. Kecha u hamyurti Leon Luke Mendonkadan ustun keldi. Hindistonlik Gukesh Dommaradju serbiyalik Aleksey Sarana bilan murosaga keldi. Amerikalik Fabiano Karuana esa niderlandiyalik Anish Giri bilan durang qayd etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter