Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdusattorov 2023-yilda qancha pul ishlagani ma’lum bo‘ldi

Abdusattorov 2023-yilda qancha pul ishlagani ma’lum bo‘ldi

Shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov o‘tgan 2023-yilda qancha pul topgani ma’lum bo‘ldi.

Abdusattorov 12 ta turnirda qatnashib, 190 173 dollar mablag‘ ishlab topdi. O‘zbekiston vakili eng ko‘p pul topgan shaxmatchilar o‘nligini yakunlab bergan deya ma’lumot beradi UzChess.

2023-yilda eng ko‘p pul topgan shaxmatchi xitoylik grossmeyster Ding Liren sanaladi, u 2023- yilda 2 ta asosiy turnirda qatnashib 1 228 200 AQSh dollari miqdorida pul topdi. Ikkinchi o‘rindagi Yan Nepomnyaщiy13 ta turnirda qatnashib 1 226 825 dollarni qo‘lga kiritgan.

Uchinchi o‘rinni Magnus Karlsen egalladi, Samarqandda jahon chempioni bo‘lgan shaxmatchi 705 155 dollar to‘pladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring