Abdusalom Azizov yig‘ilish o‘tkazdi. Qing‘ir yo‘lga kirganlar jazoga tortiladi
O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov assotsiatsiya rahbariyati, boshqarma hamda bo‘limlar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda futbolimizdagi mavjud muammolar hamda tashkilotning yaqin kelajakdagi rejalari muhokama qilindi.
Dastlab viloyat futbol assotsiatsiyalarining bugungi faoliyati ko‘rib chiqildi. Bu tizimdagi muammolarni bartaraf etish choralari, assotsiatsiyalarni moddiy qo‘llab-quvatlash, kadrlar malakasini ko‘rib chiqish, mahalliy hokimliklar bilan hamjihatlikda viloyatlarda futbolni rivojlantirish borasida ko‘rsatmalar berildi.
O‘FA rahbarining asosiy talablaridan biri futboldagi adolat va halol o‘yin prinsiplariga to‘liq rioya qilishni ta’minlash. Kelishilgan o‘yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, bu nopok yo‘l bilan futbolimizni orqaga tortayotganlar, muxlislarning qiziqishini so‘ndirayotganlar aniqlanadi va tegishli jazoga tortiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter