Bunaqasi anchadan beri bo‘lmagandi: JChni oltin medalsiz yakunladik
Boks bo‘yicha jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Abdumalik Xalakov oltin medal uchun kurashdi.
Unga final jangida fransiyalik jahon chempioni Sofiana Umiya raqiblik qildi.
O‘ziga xos texnikaga ega Abdumalik finalda ham shou ko‘rsatib, chiroyli jang ko‘rsatishga urindi, ammo fransiyalik raqib aniq harakatlar bilan ochkolar hisobida g‘alabani ilib ketdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini oltin medalsiz yakunladi. Bunaqasi ancha vaqtdan beri kuzatilmayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter