Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdumalik Xalakov jangsiz finalga chiqdi!

Abdumalik Xalakov jangsiz finalga chiqdi!

Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Abdumalik Xalakov finalga chiqdi.

-60 kg vazn toifasida bokschimizga eronlik Doniyol Shohbaxsh raqiblik qilishi kerak edi. Biroq Shohbaxshning jarohati jiddiy bo‘lgani bois raqib ringga chiqmaydigan bo‘ldi.

Xalakovning finaldagi raqibi Fransiya va Dominikan bokschilari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bo‘ladi.

Kechki dasturda yana bir bokschimiz Madiyar Saidrahimov kubalik mashhur Xulio La Kruzga qarshi ringga ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring