Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov transferini e’lon qildi

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov transferini e’lon qildi

«Manchester Siti» o‘zbekistonlik himoyachi bilan 2029 yilgacha shartnoma tuzdi. U 45-raqamda to‘p suradi.

Manchester klubi 20 yoshli futbolchi uchun «Lans»ga 40 mln yevro to‘laydi. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana ortishi mumkin.

Shu tariqa Husanov Angliya Premer-ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. Shuningdek, Abduqodir o‘zbek o‘yinchilari orasida eng qimmat transfer bo‘ldi. Avvalgi rekordchi 2021 yil «Jenoa»dan «Roma»ga 18 mln yevroga o‘tgan Eldor Shomurodov edi.

Shuningdek, himoyachi «Lans» tarixida ham eng qimmat transferga aylandi. Fransiya klubi Husanovni 2023 yil iyul oyida «Energetik-BGU»dan atiga 100 ming yevroga sotib olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring