Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abbosbek Fayzullayev maxsus sovrin uchun kurashmoqda

Abbosbek Fayzullayev maxsus sovrin uchun kurashmoqda

OFK rasmiy sayti Osiyo kubogi-2023 musobaqasining eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev ham o‘rin oldi.

Sovrin uchun unga Ali Jassim (Iroq), Li Kan In (J.Koreya, «PSJ»), Ali Olvan (Iordaniya), Takefusa Kubo (Yaponiya), Jordan Bos (Avstraliya), Abdulla Radif (S.Arabistoni), Marselino Ferdinan (Indoneziya), Sulton Odil (BAA) va Orif Ayman (Malayziya) raqiblik qiladi.

Abbosbek Fayzullayevga OFK rasmiy saytining ushbu manzilida ovoz berishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring