Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 ayolni zo‘rlashda ayblangan «Siti» futbolchisi shartli ozodlikka chiqdi

4 ayolni zo‘rlashda ayblangan «Siti» futbolchisi shartli ozodlikka chiqdi

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi himoyachisi Benjamen Mendi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib 2021 yil avgustda qamoqqa olingan edi. Kecha u garov evaziga ozodlikka chiqdi.

Chester shahri qirollik sudi uni 24 yanvarga qadar shartli ravishda ozodlikka chiqardi. 134 kun Liverpuldagi Altkors qamog‘ida o‘tirgan 27 yoshli fransuz dekabr oxirrog‘ida Machesterda joylashgan qattiq kuzatuvdagi axloq tuzatish muassasasiga o‘tkazilgandi.

Sudya Patrik Tompsonning aytishicha, 24 yanvarda navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Ungacha futbolchi ro‘yxatdagi manzilda yashashi, da’vogarlar bilan aloqaga chiqmasligi va pasportini sudga topshirishi kerak.

Eslatib o‘tish kerak, Mendi 4 nafar ayolni zo‘rlaganlikda, bir ayolga nisbatan shilqimlik qilganlikda ayblanmoqda. Da’vogarlarning aytishicha, voqealar 2020 yil oktyabr va 2021 yil avgust oylari orasida bo‘lgan. Futbolchi bilan birga uning 40 yoshli do‘sti Lui Saa Matturi ham shu jinoyatda ayblangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring