Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilning eng yaxshi to‘purari nomi aniq bo‘ldi

2023-yilning eng yaxshi to‘purari nomi aniq bo‘ldi

Saudiyaning «Al-Nasr» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu 2023-yilning eng yaxshi to‘purariga aylanmoqda.

Bu agar «Manchester Siti» futbolchisi Erling Xoland 30-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya Premer-ligasi (APL) uchrashuvida «Sheffild»ga qarshi maydonga tushmasa sodir bo‘ladi. O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «shaharliklar» ustozi Pep Gvardiola norvegiyalik futbolchi 2023-yilda endi maydonga tushmasligini aytgandi.

Ronaldu 2023-yilda 53 ta gol urdi. Undan keyin Kilian Mbappe va Harri Keyn bor, ammo ular ham bu yil maydonga tushmaydi.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 17ta o‘yin o‘tkazib, 19ta gol va 9ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ronaldu besh karra «Oltin to‘p» sohibi hamdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring