Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilda futbol qoidalari qanday o‘zgaradi?

2019-yilda futbol qoidalari qanday o‘zgaradi?

Foto: «Tv.ua»

Kecha, 22-noyabr kuni Shotlandiyaning Glazgo shahrida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB)ning an’anaviy yillik yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda futbol o‘yiniga kiritilishi kutilayotgan ehtimoliy o‘zgarishlar haqida ham so‘z bordi.

IFAB tashkiloti, masalan, maydondagi o‘yinchining qo‘liga to‘p tegishi bo‘yicha vaziyatni yanada aniqroq va batafsilroq ifodalovchi qoida ustida ishlash tarafdori. Gap  atayin qo‘l bilan o‘ynalmagan, ammo bu jamoaga foyda keltiradigan holatlar haqida bormoqda.

Kengash, shuningdek, yana bir yangilikni tavsiya qilyapti: almashtiriladigan o‘yinchi maydonni o‘ziga yaqin yon va yuza tomondan tark etishi kerak. Ayni paytda, ma’lumki, bu ish maydonning markaziy yon tomonida, zaxira o‘yinchilari o‘rindiqlari yaqinida amalga oshirilyapti. Kengash a’zolari bu bilan o‘yinchi almashtirish orqali «vaqtdan yutuvchilar»ga qarshi kurashmoqchi.

Tavsiyalardan yana birida jamoalarning rahbar-xodimlariga sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun qizil va sariq kartochkalar ko‘rsatish haqida gap boradi. Jarima maydoni ichidan tepiladigan erkin to‘pni o‘ynab ketaverishga ruxsat berilishi ham keyingi yilgi muhokamalar markazida bo‘ladi. Bundan tashqari, IFAB darvozabonlarga penalti tepilayotgan paytida faqat bitta oyog‘ini chiziqda qoldirib, zarbagacha harakatni boshlashga ruxsat berishi mumkin. Hozir esa 11 metrlik tepilayotganida darvozabonlar har ikki oyog‘i bilan chiziqda turishga majbur.

Albatta, yuqoridagilardan qaysi birlari kuchga kiradi — buni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi a’zolarining  2019-yilning 2-mart kuni Shotlandiyada bo‘lib o‘tadigan keyingi yig‘ilishidan so‘ng bilib olamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring