Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-2020-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

2019-2020-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Foto: «Rtbf.be»

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) talqiniga ko‘ra 2019-2020-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi degan nomga sazovor bo‘ldi.

Taqdirlash marosimi Jenevada Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi paytida bo‘lib o‘tdi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi degan nomga, shuningdek, «Bavariya»ning germaniyalik darvozaboni Manuel Noyer hamda Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne ham da’vogarlik qilishgandi.

Levandovski, shuningdek, Chempionlar ligasining eng yaxshi hujumchisi sifatida tan olindi.

Levandovski «Bavariya» jamoasi bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring