Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozda Parijda Yamandagi holat yuzasidan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Yozda Parijda Yamandagi holat yuzasidan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng shu yilning yozida Yamandagi vaziyat yuzasidan gumanitar konferensiya bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda.

«Shu yilning yozida Parijda Yamandagi vaziyat yuzasidan konferensiya o‘tkazamiz», — deya ma’lum qilgan prezident Makron.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad bin Salmonning 3 kunlik rasmiy tashrif bilan Fransiyaga borgani haqida avval saytimizda xabar bergan edik.

2015-yildan buyon Yamanda davom etayotgan urush natijasida 10000 dan ortiq odam halok bo‘ldi, millionlab odamlar ochlik iskanjasida hayot kechirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yamandagi vaziyatni dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz sifatida baholagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring