Yaponiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi — The Japan Times
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kicida Markaziy Osiyo mamlakatlariga iqtisodiy yordam paketini e’lon qiladi, deb xabar berdi The Japan Times gazetasi.
Dasturda Kaspiy dengizi orqali mintaqani Yevropa bilan bog‘lovchi yangi savdo yo‘nalishini yaratish ko‘zda tutilgan. Fumio Kisida 9–12-avgust kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurib, Markaziy Osiyoning besh mamlakati rahbarlari bilan uchrashuvda rejasini taqdim etadi.
Gazeta yozishicha, tashabbusdan maqsad Rossiya doim kuchli mavqega ega bo‘lgan mintaqa va Xitoy bilan Yaponiyaning aloqalarini mustahkamlashdir. Rasmiy Tokio yangi eksport yo‘nalishi Markaziy Osiy davlatlariga katta iqtisodiy mustaqillik berishiga umid qilmoqda.
Transport infratuzilmasidan tashqari, ushbu reja iqtisodiyotning dekarbonizatsiyasi, ya’ni ekologik tozaligiga erishishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Jumladan, yapon kompaniyalarining texnologiyalari va kreditlari tabiiy gazni qayta ishlashga yo‘naltiriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter