Vladimir Norov isroillik vazir bilan uchrashdi
Kecha, 18 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Toshkentga tashrif bilan kelgan Isroil turizm vaziri Yoel Razvozov bilan uchrashgan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilinib, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Isroil tomoni so‘nggi paytlarda butun dunyoda, jumladan, Isroilda ham O‘zbekistonga istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatida qiziqish ortib borayotganini aytgan.
O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, mamlakatimiz turizm sanoatini rivojlantirish, sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini takomillashtirish va kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter