Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vashington meri 1 sentyabrni AQSh poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qildi

Vashington meri 1 sentyabrni AQSh poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qildi

Vashington shahri meri Myuriel Bauzer 2023 yil 1 sentyabrni AQSh poytaxtida «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi kuni» deb rasman e’lon qildi.

Istiqlolimizning 32 yilligi munosabati bilan qabul qilingan deklaratsiyada AQSh poytaxti meri O‘zbekistonda Mustaqillik kunining ahamiyatini e’tirof etib, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganini ta’kidlagan. Merning bayonoti ushbu kunning ahamiyatini e’tirof etibgina qolmay, balki o‘zbek jamoalarining Vashingtonning «boy xilma-xilligi, madaniyati va an’analariga» beradigan qadriyatini urg‘ulaydi.

«Dunyo» AAga ko‘ra, Vashingtonda 1 sentyabrning O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qilinishi ramziy ma’no emas, bu ikki xalq o‘rtasidagi tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarning belgisidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring