Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter» nega mashhur siyosiy arboblarning sahifalarini o‘chirmasligiga izoh berdi

«Twitter» nega mashhur siyosiy arboblarning sahifalarini o‘chirmasligiga izoh berdi

Foto: «Jesseleepeterson.com»

«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i keyingi paytda AQSh prezidenti Donald Trampning «Twitter»dagi sahifasi orqali boshqa davlatlarga, xususan, Shimoliy Koreyaga nisbatan agressiv munosabatdagi chiqishlariga qarshi bildirilayotgan tanqidlarga izoh berdi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

«Twitter»da siyosiy shaxsiyatlar va rahbarlarning sahifalari borligi juda ko‘p bahslarga sabab bo‘lmoqda va biz bu borada o‘zimizning nuqtai nazarimizni keltirib o‘tmoqchimiz», deb yozadi «Twitter» o‘zining rasmiy blogida. Bu bilan ular dunyoda «jamoatchilik muhokamasini targ‘ib qilish»ga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilganini aytishmoqda.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq «siyosiy arboblarning «Twitter»dagi chiqishlarini mavjud siyosiy voqelikdan kelib chiqib o‘rganishini va ulardan foydalanish qoidalarini kiritishini» aytib o‘tdi.

Bir oz oldin AQSh prezidenti Donald Tramp «Twitter»dagi sahifasi orqali «o‘zida Kim Chen Innikidan ko‘ra kuchli va katta atom bombasi tugmachasi borligi»ni yozgan edi.

Shundan so‘ng, ikki nafar demokrat senator AQSh maxsus xizmatlariga, Donald Trampning bunday chiqishlari mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solishidan ogohlantirib, murojaat bilan chiqishgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring