Turkiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda
Ertaga, 1 may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.
Turkiya vitse-prezidenti, shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, ikki mamlakat qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasi hamraisi, iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha mas’ul vazir Jamshid Qo‘chqorov bilan muzokara o‘tkazadi.
Javdat Yilmaz «Turkiya ish dunyosi uchrashuvi» dasturi doirasida ishbilarmonlar bilan uchrashadi.
Turkiya prezidenti muovini 2-3 may kunlari o‘tkaziladigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham qatnashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter