Turkiya prezidentiga O‘zbekistonning «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni topshirildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikda qaysi yangi loyihalar amalga oshiriladi? Sanoat kooperatsiyasi dasturlarini tezlashtirish uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak? O‘zaro mahsulot yetkazib berish ortishi uchun qanday qilib samarali transport-logistika tizimini ta’minlash mumkin? Yetakchilar shu va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.
Ikki tomonlama uchrashuvdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga O‘zbekiston Respublikasining «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordenini topshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter