Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdog‘anga hamdardlik bildirildi

Erdog‘anga hamdardlik bildirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, binolar va infratuzilma ob’yektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring