Tramp AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishini «sabrsizlik bilan kutmoqda»
AQSh prezidenti Donald Tramp bugun, 18-aprel kuni Isroildagi AQSh elchixonasining Quddus shahriga ko‘chirilishini sabrsizlik bilan kutayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Isroil xalqiga mamlakat mustaqilligining 70 yilligi munosabati bilan o‘zimning eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman. Bizda Isroildan yaxshi do‘st hech qayerda yo‘q!» — deya yozgan AQSh rahbari o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.
Shuningdek, Tramp «Isroildagi AQSh elchixonasining Quddus shahriga ko‘chirilishini intizorlik bilan kutayotganini» qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning dekabr oyida Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishini ma’lum qilgan edi va Tel Avivdagi AQSh elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirishini aytgandi. Uning ushbu qarori Falastin va boshqa ko‘plab arab davlatlarida noroziliklar va tartibsizliklar keltirib chiqargan edi.
AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirlishi shu yilning 14-mayida, Isroil davlatining mustaqillik kunida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter