Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov Samarqandga keldi
Kecha Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov Samarqandga keldi. Uni xalqaro aeroportda Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov kutib oldi.
Rustam Minnixanov shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasidagi tatar jamoatchilik tashkilotlari faollari bilan uchrashdi. Bugungi kunda mamlakatda 300 ming nafar tatar millatiga mansub fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda. Bu esa O‘zbekiston aholisining deyarli bir foizini tashkil etadi.
Rustam Minnixanov tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Ushbu uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Tatariston Respublikalari o‘rtasida bir qator sohalarda hamkorlik shartnomalari imzolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter