Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: «CA-News»

Kecha, 18-yanvar kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng ko‘lami yuzasidan fikr almashildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida turli shakllarda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbatda mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi va kelgusidagi amaliy uchrashuvlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring