Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov va Antoniu Guterrish

Foto: TIV

Kecha, 15-yanvar kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga tashrifi va 2017-yil 10-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

Shuningdek, tomonlar kun tartibidan o‘rin olgan BMT Xavfsizlik Kengashining «Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari» nomli tadbiri, vazirlar darajasidagi «Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish» mavzusi bo‘yicha fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrif buyurishi haqida avval xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring