Tanzila Norboyeva Amerikaga boradi
Joriy yilning 15-17 iyun kunlari Oliy Majlis Senati raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh Kongressi, shuningdek, to‘qimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida to‘qimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
AQSh ishbilarmon doiralari uchun O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining savdo-investitsiyaviy salohiyati taqdimoti ham o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter