Suriyaning qayta tiklanishiga taxminan 200-300 milliard dollar kerak bo‘ladi
Rossiya Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asadning hokimiyatda qolishini istaydi, chunki u bu davlatda barqarorlikni xohlaydi. Ushbu bayonot seshanba kuni AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq ishlari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchisi Devid Satterfild tomonidan Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan ma’ruzasida e’lon qilindi, deya xabar bermoqda «TASS».
— Mening fikrimcha, Rossiya oldingi sovet ittifoqi singari barqarorlikni qadrlaydi va tartibsizliklardan qo‘rqadi, — deya javob berdi u Moskvaning asosiy maqsadi Asadni hukumatda qoldirish ekani haqidagi savolga. — Bu shunchaki Asadning hurmati uchun emas, balki barqarorlik va tartibsizliklarning barham topishi uchun ham.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi vaziyatni uzoq muddatli rivojlantirish borasida Rossiyaning fikrini tushunmaydi.
Satterfildga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlardan keyin Suriyaning qayta tiklanishiga taxminan 200-300 milliard dollar sarf etilishi mumkin. Bu esa dunyodagi 3-4 milliarderning umumiy boyligiga teng. Shu bilan birga, uning nuqtai nazariga ko‘ra «Rossiya, Eron va Suriyada bunday vositalar yo‘q».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter