Sheron Skuassoni: «Rossiya va AQSh yadroviy qurollar poygasiga qaytishi mumkin»
![Sheron Skuassoni: «Rossiya va AQSh yadroviy qurollar poygasiga qaytishi mumkin»](https://static.xabaruz.com/crop/5/4/720_460_95_546454286.jpg)
Payshanba kuni «Atom olimlari xabarnomasi» boshqaruv kengashi a’zosi Sheron Skuassoni, Rossiya va AQSh yadroviy qurollar poygasiga qaytishi mumkin, deya bayonot berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ushbu nufuzli tashkilotning vakillari «qiyomat kuni soati»ning ramziy millari yadro tuniga yaqinlashayotganini ma’lum qildi. Yadro tuni ehtimoliy yadro falokatinining ramzi sifatda e’tirof etiladi. Endilikda, bu millar «23 :58»da, ya’ni «soat X»dan ikki daqiqa oldinda to‘xtab turibdi.
«Qo‘shma Shtatlar va Rossiya bir necha yillardan buyon ilk bor yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormayaptilar», — deydi Skuassoni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «yaqin kelajakda bu ish amalga oshmasa ham kerak». Olim: «Buning o‘rniga, biz yadro qurollari poygasiga qaytishni ko‘rishimiz mumkin», deb tan oldi.
Skuassoni ta’kidlaganidek, «dunyodagi barcha yadroviy arsenallarning 95 foiziga egalik qiluvchi AQSh va Rossiyaning ikki tomonlama harakatlarisiz boshqa mamlakatlarning qurolsizlanish yo‘lidagi ishlarni amalga oshirishning iloji yo‘q».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter