Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Foto: «Sputnik»

Kecha, 24-aprel kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Fevraldagi uchrashuv davomi sifatida TIV rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning aniq yo‘llari muhokama qilindi.

Vazirlar ShHT davlat rahbarlarining Sindao shahrida bo‘lajak majlisiga va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqaviy kun tartibini muhokama qilish chog‘ida Abdulaziz Komilov va Van Yi tomonidan Toshkentda mart oyida bo‘lib o‘tgan va Xitoyning nufuzli delegatsiyasi faol ishtirok etgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiya natijalari yuqori baholandi va Afg‘oniston mojarosini hal etish doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring