Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelasi yilda Vengriyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilyapti. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyevning Prezident saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan yuborgan qutlovida Viktor Orban Budapeshtda yana bir bor uchrashishdan umidlanayotganini bildirdi.

«Kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida Prezident janoblari bilan shaxsan uchrashishdan umidvorman hamda ushbu tashrif munosabatlarimizni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat bo‘lishiga ishonaman», deb yozgan u o‘z tabrigida.

Eslatib o‘tish kerak, bu yil mart oyida Orban O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring