Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi poyezd halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
![Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi poyezd halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_349977267.jpeg)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Anqara shahrida ro‘y bergan poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 dekabr kuni Turkiyada Anqara-Konya tezyurar poyezdi lokomotivga urilishi oqibatida temiryo‘l izidan chiqib ketgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter