Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev suv omborlari bo‘yicha hokimlarga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev suv omborlari bo‘yicha hokimlarga topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda suv omborlari atrofidagi yangi yerlarning xaritasini tuzish bo‘yicha viloyat hokimlariga topshiriq bergan.

Viloyat hokimlariga bir oy muddatda:

  • o‘z hududidagi suv omborlari atrofidagi yangi yerlarning xaritasini tuzish;
  • yerlarni konturlarga ajratib, ularga irrigatsiya tarmog‘ini loyihalash;
  • ushbu maydonlarda oziq-ovqat va ozuqa ekinlarini ekishga tayyor investorlarni jalb qilish bo‘yicha loyiha to‘plamlarini tayyorlash topshirilgan.

«Vaqt juda kam qoldi, dehqonchilikda bahorning har bir kuni, har bir soati muhim», degan davlat rahbari yig‘ilishda.

  • Prezident dehqon va fermerlarni eng ko‘p qiynaydigan masalalarni sanab o‘tgan:
  • hosildor va ishonchli urug‘ va ko‘chat navlarining kamligi;
  • peshona teri evaziga yetishtirilgan mahsulot kafolatli xarid qilinmasligi.

Shu sababli, hosildor urug‘ va ko‘chat navlarini joylarga yetkazish va mahsulotni sotib olishga Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan Bog‘dorchilik agentligiga qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, yangi suv omborlari atrofidagi 100 ming gektardan ortiq yerlarga tadbirkorlarni jalb etib, infratuzilma yaratishga yordam berib, mos keladigan ekinlar ekishni tashkil qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring