Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi
![Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2459177849.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining qutlovida XXR Raisining qayta saylangani hamda Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 13-chaqiriq birinchi sessiyasida qabul qilingan tarixiy qarorlar Xitoyni har tomonlama rivojlantirish, xalqaro siyosiy va iqtisodiy maydonda uning nufuzli va taraqqiy etgan davlat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash, global miqyosda, shu jumladan bizning mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.
Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, avvalo XXR Raisining shaxsiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli eng yuksak — strategik sheriklik darajasiga chiqqani, amalda har tomonlama o‘ylangan va o‘zaro manfaatli xususiyat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Xalq vakillarining Umumxitoy majlisi deputatlari amaldagi rais Si Szinpinni bir ovozdan yana 5 yil muddatga XXR raisi etib saylagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter