Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev aviahalokat sabab Pokiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev aviahalokat sabab Pokiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

22-may kuni «Pokiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyot Karachi shahrida halokatga uchragandi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alvi va Bosh vaziri Imron Xonga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring