Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan strategik loyihani muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan strategik loyihani muhokama qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

OHIChK sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.

Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish maqsadida «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar» temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring