Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda davlat rahbarlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Siyosiy iroda va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tufayli O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarda mavjud ulkan salohiyat to‘liq ro‘yobga chiqayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbatda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining birinchi sammiti samarali natijalar bergani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring