Shavkat Mirziyoyev nima uchun Toshkentga Ortiqxo‘jayevni hokim qilib tayinlaganini aytdi (video)

Kecha Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev forumda Toshkent shahrining yangi hokimi — Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishtirokchilarga tanishtirdi.
«Prezident janobi oliylariga (Erdo‘g‘on — tahririyat izohi) bitta qarorimni aytdim: Yaqinda, bir haftayam bo‘lgani yo‘q — O‘zbekiston tarixida birinchi marta, o‘zim ishongan ishbilarmonni Toshkent shahri hokimi etib tayinladim. Tarixda bo‘lmagan bu narsa.
Bu yigit ham hozirgi islohotlarni tushunadigan, byurokratiyadan yiroq, O‘zbekistonga toza havo kirishga, investorlarni qo‘llab-quvvatlashga, Toshkent shahrining ertangi kunini tasavvur qiladigan hozirgi zamonaviy (rahbarlardan). Bu bizning ko‘p rahbarlarga o‘xshab hech qaysi byurokratiya tizimida ishlamagan — «raykom», partiya, boshqa-boshqa joylarda.
Bu — tadbirkor. Toshkent shahri bizda eng katta hududlardan. Men ertangi kunimni faqat tadbirkorlarga ishonaman. Shuning uchun men qaror qabul qildim: tadbirkor — Toshkent shahar hokimi.
Shuning uchun endi buning mas’uliyati ikki karra ko‘p. Sizlarga Toshkent shaharda to‘sqinlik qilsa, vijdoniga havola», — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter