Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi.
«Vnukovo-2» xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taomilga ko‘ra, Prezidentni futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatining ramzi — bo‘ri «Zabivaka» qarshi oldi.
Shavkat Mirziyoyev «Mundial»ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi.

Davlat rahbari o‘g‘li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo‘ri «Zabivaka» yonida suratga tushdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter