Shavkat Mirziyoyev mart oyida BAAga tashrif buyuradi
Bugun, 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbarining shu yil mart oyi oxirida BAAga tashrif buyurishi ma’lum qilindi, deb xabar berdi «Xalq so‘zi».
Xususan, BAA iqtisodiyot vaziri Sulton bin Said al Mansuriy ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, «Biz O‘zbekiston Prezidentining shu oyning 25-sanasida bo‘ladigan tashrifini sabrsizlik bilan kutyapmiz», — deya ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifiga alohida tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini qayd etgan.
Mazkur yig‘ilishda Dubay va Toshkent o‘rtasida yangi aviayo‘nalish ochilgani e’lon qilindi. Ushbu parvozlar kechadan boshlab Fly Dubai aviakompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Tomonlar mazkur qaror turizm, savdo amaliyotlari va sarmoyalarni jalb etish borasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkonini berishini ta’kidlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter