Shavkat Mirziyoyev Livan prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Bayrutda sodir bo‘lgan portlashda 100 dan oshiq kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqa.
Livan bosh vaziri Hasan Diab portlashga portda ko‘p yillar mobaynida saqlab kelingan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
Livanda fojia munosabati bilan ikki kunlik motam e’lon qilindi. Prezident Mishel Aun mamlakatda ikki haftalik favqulodda vaziyatni kuchga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter