Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Belarusga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-iyul-1-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusga tashrif buyuradi. Bu haqda mamlakatimizning Minskdagi elchixonasiga asoslanib «Interfax.by» xabar berdi.
«Tashrif 31-iyul — 1-avgust kunlari tashkil etiladi. Bu davlatimiz rahbarining Belarusga ilk tashrifi bo‘ladi», — deyiladi elchixona xabarida.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Belarus mintaqaviy forumi tashkil etilishi ham kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil sentyabrda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter