Shavkat Mirziyoyev Gujarat bosh vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22-oktyabr kuni Hindiston Gujarat shtati bosh vaziri Vijay Rupani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Biotexnologiyalar va agroklasterlar, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish, mehmonxona infratuzilmasini boshqarish kabi sohalarda va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston hamda Gujarat shtatining yetakchi kompaniya va tashkilotlari o‘rtasida samarali sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” tez fursatda ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter